Our website uses necessary cookies to enable basic functions and optional cookies to help us to enhance your user experience. Learn more about our cookie policy by clicking "Learn More".
Accept All Only Necessary Cookies
Imomi A'zam Buyuk Imomimiz icône

1.1.3 by Kitoblar Olami


Dec 10, 2023

À propos de Imomi A'zam Buyuk Imomimiz

Kutib Oling. Kitobimiz de Yangi

Assalomu Alaykum.

Islomdagi to'rt mazhab musulmonlarining aqidasi bir bo'lib, ibodat va muomalatlardagina ayrim

farqlar bor. Mazhablar o'rtasidagi ixtiloflar juz'iy hisoblanadi va bu aqidadagi emas, balki ayrim

ibodatlardagi ixtiloflardir. Bizning ota-bobolarimiz, bugunga islom olamining teng yarmi amal

qiladigan Imomi A'zam abu Hanifa mazhabi ibodatdagi qulayliklari, payg'ambar sunnatlarini olamga

izchil yoyganligi bilan jambon muhimdir. Mazkur kitobda islom va unga amal qilishga oid, shuningdek,

mazhablarning har biri o'zicha afzal va ayni paytda, boshqalari ham inkor etilmasligi borasidagi tarixiy

manbalardagi mulohazalar kitobxon e'tiboriga suhbat tarzida havola etiladi.

LA ILAHA ILLALLOH...

— Muhtaram ustoz, ilk suhbatingizni har bir mo'‘min-musulmon bir umr har kuni aytadigan "La

ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh" kalimasiga bag‘ishlasangiz ? Ushbu kalimani chin dildan

tasdiqlagan holda aytishimiz — chin mo‘‘minligimiz belgisi ekan, demak, uning zamirida qanday

ma'nolar borligini bilishimiz zarur bo'lsa kerak ?

— Avvalan, janobi Haq taologa beadad hamdu sanolarimiz, hazrati Muhammad Mustafoga duo va

salavotlarimiz bo'lsin. Albatta, O'ktambek, bu xususda, avvalo, masalani "Bilishimiz zarur bo'lsa

kerak?" deb ko'yish sal o'rinsizroq. Shuning uchun avval-boshdanoq "Buni bilishimiz zarur!" deb,

qat'iyat bilan javob qilamiz.

"La ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh" kalimasi — iymon kalimasi shu qadar buyuk,

insoniyatni najotga olib boradigan kalimaki, hazrati Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o'zlarining

bir muborak hadislarida : "Mendan avvalgi payg'ambarlarning ham va mening ham aytgan

so'zlarimizning eng yaxshisi "La ilaha illalloh", — deganlar. Demak, bu kalima barcha

payg'ambarlarning tilidagi kalima ekan. Ollohning elchilari bo'lmish buyuk zotlarning dili va tilidagi

kalima biz musulmonlarga nasib etgan ekan, bu bizning baxtimizdir.

Hazrati Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bir hadisi muboraklarida : "Kimda-kim" Lailaha

illalloh", desa, jannatta kirur", deb marhamat qilganlar. Bu ikki og'iz bilan aytiladigan va'da dunyo va

Oxirat diyoridagi abadiy umrning baxt-saodatiga kifoya qiladigan va'dadir.

Demak, bir so'z insonni do'zax azoblaridan qutqarib, jannatga kirishiga sabab bo'lar ekan, bu

so'zning o'ziga yarasha yuki, vazni, mazmun-mohiyati bor, Biz mana shuni bilsak, bu muqaddas

kalimani tushungan holda aytsak hamda uning mazmuniga amal qilsak, inshoolloh, shu va'daga

musharraf bo'lamiz. Bizni jannatga yetaklab boradigan tavhid kalimasi o'zbekchada : "Yolg'iz

Ollohdan boshqa Olloh yo'q, Muhammad Ollohning elchisidir", deganidir.

— Ustoz, Siz, avvalo, "La ilaha illalloh" kalimasi ustida batafsilroq to'xtalsangiz. "Olloh" degan

kalimaning o'zini qanday touchunmog'imiz kerak ? Ollohning birligini qanday anglamog'imiz lozim ?

— "Olloh" kalimasi arab tilida "ibodat qilinguvchi ma'budi barhaq" deganidir. Ya'ni sig'inib,

ibodat qilib topinishga loyiq bo'lgan yolg'iz zot Ollohdir. Ollohdan boshqaga sig'inib bo'lmaydi.

Ollohdan boshqadan qo'rqil-maydi. Olloh yagona bir zotki, o'sha zotga ibodat qilish, o'sha zotning

buyruqlarini ijro etish bilan Unga bandalik, ya'ni, qullik qilinadi.

... DAVOMINI O'QISH UCHUN DASTURNI YUKLAB OLISHINGIZ MUMKIN

Quoi de neuf dans la dernière version 1.1.3

Last updated on Dec 10, 2023

- Matnni istalgan o'lchamga keltira olish.
- Tungi rejimni yoqish
- Matn rangini o'zgartira olish
- Matn orqa foni rangini o'zgartira olish
- Matn stilini o'zgartira olish
va yana boshqa imkoniyat mavjud.

Chargement de la traduction...

Informations Application supplémentaires

Dernière version

Demande Imomi A'zam Buyuk Imomimiz mise à jour 1.1.3

Telechargé par

Amine Chinwi

Nécessite Android

Android 5.0+

Voir plus

Imomi A'zam Buyuk Imomimiz Captures d'écran

Charegement du commentaire...
Langues
Abonnez-vous à APKPure
Soyez le premier à avoir accès à la sortie précoce, aux nouvelles et aux guides des meilleurs jeux et applications Android.
Non merci
S'inscrire
Abonné avec succès!
Vous êtes maintenant souscrit à APKPure.
Abonnez-vous à APKPure
Soyez le premier à avoir accès à la sortie précoce, aux nouvelles et aux guides des meilleurs jeux et applications Android.
Non merci
S'inscrire
Succès!
Vous êtes maintenant souscrit à notre newsletter.