Our website uses necessary cookies to enable basic functions and optional cookies to help us to enhance your user experience. Learn more about our cookie policy by clicking "Learn More".
Accept All Only Necessary Cookies
Mahmud Namozov icône

2.0 by WBS Media


Aug 22, 2019

À propos de Mahmud Namozov

Français

Mahmud Namozov qo'shiqlari, internetsiz

Nomozov Mahmud Almatovich (8-may 1960) — Taniqli o`zbek va sovet estrada qo`shiqchisi, bastakor, yozuvchi va aktyor. O`zbekiston xalq artisti.

Mahmud Nomozov 1960-yilning 8-mayida Surxondaryo viloyati Uzun tumanida dunyoga kelgan.Shu tumandagi 58-sonli o`rta maktabda o`qidi. Ilk musiqiy savodni maktabdagi musiqa to`garagida oldi. O`quvchilik paytlaridan jamoa xo`jaligi qoshida ochilgan Rayhonashula va raqs ansamblida yakkaxon xonanda bo`lib ishladi.Musiqaga bo`lgan qiziqishi tufayli 1977-yil maktabni bitirgach,Toshkentdagi Nizomiy nomidagi pedagogika instituti ning musiqa fakultetiga o`qishga kirdi. Bu dargohni a`lo baholarga bitirib, o`zi ta`lim olgan maktabga musiqa o`qituvchisi bo`lib ishga keldi. Ushbu maktabdagi o`n ikki yillik pedagogik faoliyati davomida yuzlab shogirdlariga musiqaga muhabbat tuyg`usini singdirdi. Maktabing musiqa to`garagi a`zolari tuman, viloyat va respublika miqyoslaridagi ko`rik-tanlovlarda doimo faxrli o`rinlarni egallab kelishgan.Mahmud Nomozov o`zining ilk ijodiy faoliyatini maktab sahnasida qo`shiqchi sifatida boshlagan bo`lsa-da, keyingi faoliyati davomida, xususan, maktabdagi o`qituvchilik yillari Surxondaryo viloyatining musiqiy folklorini o`rganishga katta e`tibor qaratdi. Ta`kidlash lozimki, o`zida dostonchilik va terma janrining ming yillik an`analarini mujassam qilgan bu musiqiy merosni o`rganish ishlari o`tgan asrning yetmishinchi-saksoninchi yillarida o`zbek milliy musiqasi taraqqiyotidan chyetda qolib kelayotgan edi. Uning bu bo`shliqni to`ldirish, janubiy viloyatlarning baxshichilik an`analarini musiqiy madaniyat doirasiga qayta olib kirish borasidagi sa`y-harakatlari natijasi o`laroq, 1991 yili uning Baxshiyona qo`shig`i dunyo yuzini ko`rdi.Baxshichilik an`analari yo`lida yaratilgan bu qo`shiq betakror taronasi, zamonaviy musiqa yo`nalishlariga hamohangligi bilan tezda musiqa ixlosmandlari va mutaxassislar nazariga tushdi. Zamonaviy o`zbek estrada qo`shiqchiligining xalq ohanglariga oshno bo`lish jarayoni ayni shu qo`shiqdan boshlandi, e`tirof etish mumkin.Ijodiy jarayonga faol aralashish istagi 1994 yili Mahmud Nomozovni poytaxt Toshkentga yetaklab keldi. O`zbekiston radiosining Yoshlar kanali da musiqa muharriri bo`lib ishlay boshladi.Bu orada Mahmud Nomozovning qizg`in ijodiy faoliyati boshlandi. Birin-ketin „Guldona“, „Ohu-vo“, „Oybuloq“, „Gulpari“, „Jo`rajon“, „Oypari“, „Surxon uforisi“, „Og`amjon“ kabi qator xalqona qo`shiqlar dunyo yuzini ko`rdi. Deyarli har yili „Turkiston“, „Istiqlol“ saroylarida yangi koncert dasturlarini muxlislari e`tiboriga havola qilib kelmoqda. Uning „Ona yurt ohanglari“, „Nigoh“, „Sog`inch“, „Dil fasli“, „Kuz sonatasi“, „Oypari“, „Yurtim shamoli“, „Gulnorjon“, „Charxpalak“, „Ko`za afsonasi“, „Baxshiyona“ kabi o`nlab musiqiy al bomlari audio va video shaklida o`n minglab nusxada muxlislar qo`liga yetib bordi. Hindiston, Janubiy Koreya, Germaniya, Shveycariya, Rossiya, Turkiya mamlakatlarida gastrol safarlarida bo`lib, ijodiy uchrashuvlar o`tkazdi.

Ushbu ilovada Mahmud Nomozovning:

- Armon

- Baxshiyona

- Do`mbiram so`yla

- Gulpari

- Jo`rajon

- Ko`za afsonasi

- Ko`za 2

- Mayxona

- Nigohlarimiz

- Ohu-voh

- Osmonlarga

- Oypari

- Qishlog`im

- Saratonda

- Sevilmagan qiz

- Sog`inch

- Toshlarga so`yladim

- Yor-yor

nomli taronalari joy olgan.

Tags: Mahmud Nomozov, Mahmud Nomozov biografiya, Mahmud Nomozov tarjima holi, Mahmud Nomozov hayoti, Mahmud Nomozov oilasi haqida, Mahmud Nomozov konsert Mahmud Nomozov mp3, Mahmud Nomozov 2017, Mahmud Nomozov 2018, Mahmud Nomozov haqida, Mahmud Nomozov oh sevaman, Mahmud Nomozov o`zim hofiz, yangi taronalar, uzbek mp3, uzbek musics, , yangi qo`shiqlar, yangi taronalar, Mahmud Nomozov klip, Mahmud Nomozov kliplari to`plami, klip skachat, klip 2018, Mahmud Nomozov 2019, konsert 2019, qo`shiqlari toplami, uzbek musics, uzbekcha qoshiqlar, uzbekcha skachat.

Quoi de neuf dans la dernière version 2.0

Last updated on Jul 27, 2019

Hit qo'shiqlar

Chargement de la traduction...

Informations Application supplémentaires

Dernière version

Demande Mahmud Namozov mise à jour 2.0

Telechargé par

Jheison Joel Perez Hidalgo

Nécessite Android

Android 4.1+

Voir plus

Mahmud Namozov Captures d'écran

Charegement du commentaire...
Langues
Langues
Abonnez-vous à APKPure
Soyez le premier à avoir accès à la sortie précoce, aux nouvelles et aux guides des meilleurs jeux et applications Android.
Non merci
S'inscrire
Abonné avec succès!
Vous êtes maintenant souscrit à APKPure.
Abonnez-vous à APKPure
Soyez le premier à avoir accès à la sortie précoce, aux nouvelles et aux guides des meilleurs jeux et applications Android.
Non merci
S'inscrire
Succès!
Vous êtes maintenant souscrit à notre newsletter.