Use APKPure App
Get Mirzabek Xolmedov old version APK for Android
Signes sevgan qo'shiqlar, bilan financier, internets, offlayn
1961 yilning 13 dekabrida Toshkentda tavallud topgan Mirzabek Xolmedovni otasi “artist” deb chaqirardi. Oiladagi 11 farzandning to‘qqizinchisi bo‘lgan so‘z ustasining otasi temir yo‘lda provodnik bo‘lib ishlagan.
Hayot bilan vidolashuv chog‘ida oila boshlig‘i barcha farzandlarini birma-bir chaqirdi. Biroq, shunday chog‘da ham Mirzabekka o‘z ismi bilan emas, “artist” deb murojaat qilgan ekan. Bu voqealarni Mirzabek Xolmedov ba’zan ko‘zida yosh, ba’zan tabassum bilan xotirlaydi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzabek Xolmedov 1987 yilda oila qurdi va 3 o‘g‘il va 1 qizning otasi bo‘ldi.
So‘z ustasi ijodiy faoliyati davomida o‘zini kinoaktyor sifatida ham sinab ko‘rgan. “Alif va Laylo”, “Oltin devor”, “Ko‘zlarim yo‘lingda”, “Muhabbat sinovlari-1”, “Muhabbat sinovlari-2”, “Ulfatlar-1”, “Ulfatlar-2”, “Ulfatlar-3” kabi qator filmlarda rol ijro etgan. Shu bilan birga, aktyor qator multfilmlarga ham ovoz bergan.
Qahramonimiz 1989 yildan buyon har yili o‘zining konsert dasturini taqdim etib keladi. Yurtdoshlarimiz uni Obid Asomov, Sobit Asomov, To‘htamurod Azizov, Botir Muhammadxo‘jayev, Matyoqub Matjonov kabi hamkasblari bilan “Ko‘zgu” teatrida bir sahnada ijod qilgan kezlarini juda yaxshi eslashadi.
Mirzabek Xolmedov rafiqasi Feruzaxon haqida juda iliq so‘zlarni aytadi, undan minnatdor ekanini yashirmaydi. OAVga bergan intervyularida u rahmatli volidasiga mehr ko‘rsatgan, hayotining yaxshi-yomon kunlarida yonida tura olgan, unga 4 ta farzandni hadya etgan rafiqasiga tashakkur aytgan. Bu yil ularning turmush qurganlariga ham 29 yil to‘ldi.
Kuni kecha yakkayu yolg‘iz qizini uzatgan Mirzabek Xolmedovning vafot etgani haqida shubxabarlar tarqaldi. Ko‘p o‘tmay bularning barchasi yolg‘on ekani ma’lum bo‘ldi. Shunday vaziyatda ham Mirzabek Xolmedov o‘zini og‘ir-vazmin tutishga, ko‘z yumishga harakat qildi.
Mirzabek Xolmedov o‘zini xonanda sifatida ham sinab ko‘rgan. Uning konsert dasturlarida kuldirish barobarida insonni o‘z hayoti, ota-onasi, yaqinlari, farzandlari haqida, qilayotgan ishlari, atrofdagilarga bo‘lgan munosabati haqida o‘ylab ko‘rishga undaydigan sahna ko‘rinishlari, qo‘shiqlar ham omma e’tiboriga havola etiladi.
Qo‘shiqlarni so‘z ustasining o‘zi kuylaydi. Bugungi kungacha Mirzabek Xolmedov 500 dan ortiq ana shunday, turli mavzudagi qo‘shiqlarni ijro etgan.
So‘z ustasi 2017 yining aprel oyida navbatdagi konsert dasturini berishi kutilmoqda.
Xolmedov ijodiga e’tibor qaratsak, tashqaridan bachkana, ayrim latifalarini oila davrasida eshitib bo‘lmaydi, degan gaplar qulog‘imizga chalinadi. Biroq Mirzabek Xolmedov o‘z faoliyatini juda qiyin davrlarda boshlagan va bugungi kungacha yetib kelib, xalq ko‘nglidan joy olishi oson kechmagan. Har bir chiqishi, sahna ko‘rinishi, latifasi ortida qanchadan-qancha mehnat yotganini ko‘pchilik nazariga ilmaydi. To‘g‘ri, san’atkor bularni aytishga, minnat qilishga haqsiz. Biroq muxlis uni qadrlay bilsa, albatta, shunga yarasha javob oladi, san’atkor ham eng yaxshi narsasini tortiq etadi.
Alam qiladi
Bolam
Do`sti do`st
Dunyo bozor
Eh ukajon ft.Oybek Xolmedov
Ey go`zal
Imkon
Odam qasidasi
Odamlar
Olmos kema
Omonat dunyo
Ona
Onaizor
Popuri
Qasosli dunyo
Shokoladim
Siz uchun
Ulfatlar ft.Murod Rajabov
Umr nima
Xudo o`zi kam qilmasin
Yigitga omad
Telechargé par
Muhammed Sardar
Nécessite Android
Android 4.1+
Catégories
Signaler
Use APKPure App
Get Mirzabek Xolmedov old version APK for Android
Use APKPure App
Get Mirzabek Xolmedov old version APK for Android