Tavakkal Qodirov

qo'shiqlar

1.0 par Wtarget
Oct 19, 2019

À propos de Tavakkal Qodirov

Sante sevgan ommabob xit qo'shiqlar matnlari bilan, internetsiz

Ushbu ilovada Tavakkal Qodirovning:

Bizni tashlab

Dog`man

Farg`ona

Fasli navbahor

Farg`ona tong otguncha

G`unchamidi

Janon

Ko`cha oydin

O`xshaydi-ku

Sohibjamolim

Suvora

Tanovar

Toshkent irog`i

Ustina nomli qo`shiqlari joy olgan.

Tavakkal Qodirov (1926.24.4, Quva tumani — 1996.13.4, Fargʻona) — xonanda (lirik tenor), Oʻzbekiston xalq artisti (1989). Fargʻona musiqa bilim yurti (1961) va Fargʻona pedagogika instituti (1990) ni tugatgan. Dastlab quvalik Tursunboy Karimovdan doira va gʻijjak (skripka) chalishni, "Dugoh", "Segoh" kabi mumtoz cholgʻu kuylarini, Gʻ. va Ye.Hoshimovlardan ashula yoʻllari, ("Yolgʻiz", T.Jalilov; "Oʻltirgʻusi", J.Sultonov va boshqalar)ni oʻrgangan. Keyinchalik K.Otaniyozov, J.Sultonovdan oʻzbek mumtoz va zamonaviy bastakorlar ashulalarini oʻzlashtirgan. Quva tumani madaniyat uyida badiiy rahbar (195159), Fargʻona teatri (1959-78), Fargʻona viloyatlararo filarmoniyasida yakkaxon xonanda (1978— 91), direktor (1978 — 83), Fargʻona universitetida professor (1991 yildan). Betakror, shirali, jarangdor va tiniq, nihoyatda keng va yuqori diapazonli ovoz sohibi. 1955 yildan J. Oxunov bilan hamnafaslik qilgan. repertuaridan Fargʻona-Toshkent musiqa uslubi namunalari ("Qoʻqon Ushshogʻi", "Toshkent Irogʻi", "Tanavor", "Nasrulloyi" va boshqalar), Xorazm yoʻllari ("Suvora", "Feruz", "Segoh"), zamonaviy bastakorlar ("Toʻy muborak", Faxr. Sodiqov; "Bizni tashlab", "Fargʻona tong otguncha", M.Murtazoyev; "Dogʻman", K.Otaniyozov; "Oʻlmasin", J.Sultonov va boshqalar) hamda mumtoz va zamonaviy shoirlar gʻazallariga oʻzi yaratgan ("Oʻxshaydiku", Hamza sheʼri; "Shunchamidi", O.Hakimov; "Jamollaringdan", Naqshiy; "Kecha oydin", Mirtemir; "Oʻynasin", Habibiy va boshqalar) ashula va yallalar keng oʻrin olgan. Ijro uslubi baland avjlarni keng ishlatilishi, ravonlik, keng nafas, har bir soʻzini donadona qilib aytishi bilan ajralib turadi. Ijodiga bagʻishlangan 2 telefilm (1963, 1992) va videofilm (1991) suratga olingan. Ijrolari bir necha gramplastinka va Oʻzteleradiokompaniyasi fonotekasiga yozilgan. N. Hamroqulov, N.Haydarov, S.Mannopov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist A.Karimov va boshqalarga ustozlik qilgan. Fargʻonada sanʼat kolleji hamda koʻchalardan biriga Tavakkal Qodirov nomi berilgan.

Quoi de neuf dans la dernière version 1.0

Last updated on Nov 21, 2020
Sevimli qo'shiqlar

Informations Application supplémentaires

Dernière version

1.0

Telechargé par

Vitor Hugo Winchester

Nécessite Android

Android 4.1+

Voir plus

Use APKPure App

Get Tavakkal Qodirov old version APK for Android

Téléchargement

Use APKPure App

Get Tavakkal Qodirov old version APK for Android

Téléchargement

Alternative à Tavakkal Qodirov

Obtenir plus de Wtarget

Découvrir